Foto: Toshkent viloyati FVB matbuot xizmati
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tog‘da jarohat olgan fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatdi. Bu haqda Toshkent viloyati FVB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 8 iyul kuni soat 13:09 da Toshkent viloyati FVBga Bo‘stonliq tumani “Burchmulla” mahalla hududidagi “Qulosoy” sharsharasi yaqinida uch nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borib, bir nafari o‘z ehtiyotsizligi oqibatida chap oyog‘idan jarohat olgani va yordam zarurligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadi va Bo‘stonliq tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limidan bir guruh qutqaruvchilar aytilgan manzilga yetib borib, jarohat olgan fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. Shundan so‘ng fuqarolar dengiz sathidan 1800 metr balandlikdan xavfsiz hududga olib tushilib, jarohat olgan fuqaro tez-tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.
Foto: Toshkent viloyati FVB matbuot xizmati
Fuqaroning umumiy ahvoli yaxshi bo‘lganligi sababli, shifokorlar tomonidan yashash uyiga ruxsat berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi