102
Yaponiya va Turkiya hamkorligida Samarqandda 300 mln dollarlik ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi quriladi
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Sog‘liqni saqlash vazirligida Yaponiya va Turkiya delegatsiyalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Asilbek Xudayarov, Yaponiyaning Sojitz korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Masayoshi Fujimoto, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) prezidenti Tadashi Mayeda, Turkiyaning Rönesans International kompaniyasi bosh direktori Kaan Kemal Ekermen ishtirok etdi.
SSV matbuot xizmati xabar berishicha, ushbu uchrashuv joriy yilning 17-21 iyun kunlari vazir o‘rinbosari F.Toshpo‘latov boshchiligidagi delegatsiyaning Yaponiyaga tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomi hisoblanadi.
Muloqot davomida bugungi kunda Yaponiya va Turkiya bilan mamlakatimizda tibbiyot muassasalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish, kadrlar tayyorlash kabi yo‘nalishlarda qator loyihalar amalga oshirilayotgani qayd etilgan.
Ushbu davlatlarning bir qancha tibbiyot oliygohlari bilan ham hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, qo‘shma ta’lim dasturlari asosida birgalikda bo‘lajak tibbiyot mutaxassislari tayyorlanmoqda.
Qolaversa, ayni paytda ushbu mamlakatlarning nufuzli kompaniyalari bilan investitsiyaviy, davlat-xususiy sheriklik hamda grant loyihalari ustida ish olib borilmoqda.
«Mehmonlar yurtimizda sog‘liqni saqlash sohasida xorijiy investorlar va xususiy sektor vakillari uchun keng imkoniyat hamda qulayliklar yaratilganini qayd etdi.
Darhaqiqat, tibbiyot sohasida yaratilgan sog‘lom raqobat muhiti tufayli aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va qamrovi oshib bormoqda. Xususan, so‘nggi 8 yilda mamlakatimizda xususiy shifoxonalar 2,7 barobarga ko‘payib, ularning soni 8 800 taga yetdi va bu ko‘rsatkich har yili o‘rtacha 500-600 taga ortyapti», deyiladi vazirlik xabarida.
Uchrashuvda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Yaponiyaning Sojitz korporatsiyasi va Turkiyaning Rönesans kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Unga ko‘ra, Samarqand viloyati aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida davlat-xususiy sheriklik asosida Samarqand shahrida 800 o‘rinli ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini tashkil etish bo‘yicha qiymati 300 million dollar bo‘lgan loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Mazkur klinikani qurish ishlari 2025 yilda boshlanishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, tomonlar keyinchalik loyiha doirasida ushbu klinika negizida birgalikda tibbiy kadrlar tayorlashga ham kelishib oldi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi