01:05 / 10.07.2024
611

Toshkentda yigit ayolining sobiq erini 24 marta pichoqlab o‘ldirdi

Toshkentda yigit ayolining sobiq erini 24 marta pichoqlab o‘ldirdi
Toshkent shahar Bektemir tumanida yigit ayolining sobiq erini 24 marta pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, 1997 yilda tug‘ilgan sudlanuvchi 1998 yilda tug‘ilgan sha’riy nikohidagi ayolining sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘rtalaridagi ziddiyatli holatlarga barham bermoqchi bo‘lgan. Shu maqsadda Bektemir tumanidagi savdo majmuasi oldida uchrashgan.

Sudlanuvchi jabrlanuvchiga 24 marta o‘tkir tig‘li jism bilan jarohat yetkazgan. Ushbu holat esa savdo majmuasidagi kuzatuv kamerasiga tushib qolgan. Tez yordam xodimlarining harakatiga qaramasdan, yigit voqea joyida vafoet etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudida ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Sudda sudlanuvchi bo‘lib o‘tgan holatlar yuzasidan ma’lumot berishni istamadi.

Oilasidan ham kechirim so‘rayman. Bunday bo‘lishini xohlamagan edim. Uzr so‘raganim bilan baribir qaytib kelmaydi. Kechira olsangiz, kechiring”, deydi aybdor.

Erkak sud hukmi bilan 17 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yigit ayolining sobiq erini 24 marta pichoqlab o‘ldirdi