Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida gaz ta’minoti bo‘limi bosh muhandisi pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “O‘rtachirchiq tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi bosh muhandisi S.S. tumandagi non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish sexini gaz tarmog‘iga ulashga ruxsat berish hamda elektron hisoblagich o‘rnatish evaziga 8 500 dollar miqdoridagi pullarni pora tariqasida olgan vaqtda ushlangan.
Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman gaz ta’minoti korxonasi bosh muhandisi protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi