11:45 / 10.07.2024
74

Sirdaryoda “Kamaz” yuk mashinasi yonib ketdi

Sirdaryoda “Kamaz” yuk mashinasi yonib ketdi
Foto: FVB
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida “Kamaz” yuk mashinasi yonib ketgan. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 9 iyul kuni sodir bo‘lgan.

Shu kuni soat 22:08 da M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining Mirzaobod tumani “Oqoltin” MFY hududidan o‘tuvchi qismida harakatlanayotgan “Kamaz” yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Oqibatda, yuk mashinasining salon qismi, 4 ta balloni hamda kuzovi qisman yongan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 22:36 da o‘chirilgan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Qayd etilishicha, hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan.

Barcha haydovchilardan, avtomashinalarini o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazishlarini va yo‘l-harakati qoidalariga rioya qilishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda “Kamaz” yuk mashinasi yonib ketdi