19:46 / 10.07.2024
95

AQSHga yuborishni va’da qilgan rahbar qo‘lga olindi

AQSHga yuborishni va’da qilgan rahbar qo‘lga olindi
Foto: Prokuratura departamenti.
AQSH va Koreya davlatlariga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda «F.T.» MCHJ rahbari F.B. fuqaro U.A.ni 13 000 AQSH dollari evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishini aytib, oldindan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan D.M. va D.X. fuqaro A.Yu.ning ishonchiga kirib, uning farzandini Koreya davlatiga ishga yuborishi evaziga 1 900 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSHga yuborishni va’da qilgan rahbar qo‘lga olindi