
Qiymati jami 3 mlrd. so‘mlik meva-sabzavot saqlash ombori va 9 dona muzlatkich kameralari Oltinko‘l tumanida faoliyat olib boruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning kredit qarzlari evaziga xatlab qo‘yildi.
Majburiy ijro byurosi Oltinko‘l tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan ijro hujjatiga ko‘ra, qarzdor MCHJlar hisobidan TIF “Milliybank” foydasiga 3,6 milliard. so‘m kredit qarzdorligini undirish va undiruvni garovdagi meva-sabzavot saqlash ombori va 9 ta muzlatkich kamera hamda generatorga qaratilishi belgilangan.

Ijro hujjatining ijrosini amalda ta’minlash maqsadida ijro harakatlari olib borilib, garov mulklari xatlab qo‘yildi va salkam 3 mlrd. so‘mga baholangan ushbu mulklarni "e-auksion" savdo platformasi orqali sotuvga chiqarish choralari ko‘rilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar