23:51 / 10.07.2024
77

Surxondaryoda 227,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Surxondaryoda 227,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida 227,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro J.P. “Oqtepa” mahallasi hududidagi tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan yer maydoniga tijorat maqsadida ekilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sug‘orish uchun suv nasosini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 227,4 mln so‘mlik 252,5 ming kVt soat elektr energiyasini o‘g‘irlagani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda 227,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi