17:54 / 11.07.2024
160

Urganch davlat universiteti dekani pora olayotganda qo‘lga tushdi

Urganch davlat universiteti dekani pora olayotganda qo‘lga tushdi
Foto: Prokuratura departamenti
Xorazm viloyatida ijodiy (kasbiy) imtihondan o‘tkazib qo‘yishni va’da qilgan dekan ushlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Unga ko‘ra, holat departamentning Xiva shahar bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Urganch davlat universiteti fakultet dekani S.K. fuqaro Z.O‘.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida ushbu universitetda o‘tkaziladigan ijodiy (kasbiy) imtihondan o‘tishiga amaliy yordam berishi evaziga 2 600 AQSH dollari va 2,5 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Urganch davlat universiteti dekani pora olayotganda qo‘lga tushdi