Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev marg‘ilonlik nuroniylar, jamoatchilik vakillari bilan uchrashib, shaharda yangi uy-joy massivini qurish loyihasini muhokama qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida aholi zich yashaydi. Yaqin kelajakda bu nufus oshib boradi. Yosh oilalarga va kelgusi avlodlarga munosib sharoit yaratish maqsadida prezident shaharda yangi massiv qurish g‘oyasini ilgari surdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
“Mamlakatimizning ko‘p joylarida yangi massivlar, shaharchalar qurayapmiz. Marg‘ilonliklarning yashash sharoitlaridan, uy-joylarga ehtiyojidan xabarim bor. Shu talab va istaklarni, ko‘pchilik oilalarning orzularini inobatga olib, zamonaviy imoratlar qurishni o‘ylayapmiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Loyihaga ko‘ra, 110 gektar maydonda bunyodkorlik ishlari olib boriladi. Xususan, 25 ming aholiga mo‘ljallangan 5 mingta xonadonli ko‘p qavatli uylar quriladi. Shuningdek, Burhonuddin Marg‘iloniy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Maqom teatri, yuridik institut, 4 ta mehmonxona, shoir va san’atkorlar xiyoboni, savdo va xizmat majmualari bo‘ladi. Istirohat bog‘i unga fayz va havo bag‘ishlaydi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Jamoatchilik nomidan so‘z olgan nuroniylar bu xalq kutgan loyiha ekanini aytib, mamnunligini bildirdi. Ushbu ezgu ishga muvaffaqiyat tilab duo qilindi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
“Bugun borib ko‘rdik, Farg‘onada katta sanoat korxonalari ishlayapti. Yangi elektr stansiyalarini ishga tushirdik. Nima uchun? Xalqimizning sharoiti bo‘lishi uchun, korxonalar barqaror ishlashi uchun. Endi sizlar ham islohotlarga kamarbasta bo‘lib, mahallalar ishsizlik va kambag‘allikdan xoli bo‘lishiga ko‘mak berishingizni istardim”, dedi prezident.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Mutasaddilarga massivni xorij tajribasi asosida puxta loyihalashtirish, uylar va infratuzilmani uzoqni ko‘zlab barpo etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi