Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida o‘t o‘chirish mashinasi va Gentra r ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, YTH 11 iyul kuni soat 16:30 larda Shayxontohur tumanining Alisher Navoiy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Olmazor tumani Muhokama ko‘chasidagi 14-uyda yong‘in sodir bo‘layotgani yuzasidan kelib tushgan chaqiruvga asosan mazkur manzil tomon harakatlanib ketayotgan 27 yoshli M.A. boshqaruvidagi yong‘in qutqaruv mashinasi hamda 2001 yilda tug‘ilgan S.F. boshqaruvidagi Gentra ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuz bergan.
YTH oqibatida Gentra haydovchisiga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi