82
"BMW IX" haydovchisi 87 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun 65 mln. so‘m to‘ladi
Majburiy ijro byurosining Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent shahar IIBB YHXB qarorlariga asosan, qarzdor fuqaro V.B.dan davlat foydasiga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 128-moddasi 1 va 3-qismlari va boshqa moddalari bilan huquqbuzarlik sodir etib, yo‘l chizig‘i talablariga rioya etmaganligi, tezlik chegaralangan joyda qoidalarga amal qilmay, bir necha marotaba ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgani sababli, 87 marta yo‘l harakati qoidasini buzgan fuqaroga nisbatan jami 65 mln. so‘m ma’muriy jarima undirish haqidagi ijro ishlari mavjud.
Mazkur ijro hujjati bo‘lim davlat ijrochisi X.Xazratqulov ish yurituviga berilgan bo‘lib, ijro ishi O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan qo‘zg‘atilgan.
O‘z vaqtida to‘lanmagan jarimalar soni 87 taga oshib, fuqaro sodir qilgan qoidabuzarligi sababli, ma’muriy jarimalarni o‘z vaqtida to‘lab bormagan. Oqibatda, qonun talabi asosidagi muddatlar o‘tib, qarorlar Byuro organlariga kelib tushgan. Qarzdor bir necha marta ogohlantirilishiga qaramay qarz summalarini qoplamaganidan so‘ng, Byuroning tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilgan. Fuqaroga tegishli bo‘lgan "BMW IX" xatlanishi jarayonida qarzdordan 65 mln. so‘m miqdoridagi ma’muriy jarimalar undirilib, davlat foydasiga yo‘naltirildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi