17:07 / 13.07.2024
78

Hokimliklarda ichki audit xizmatlari tashkil etiladi

Hokimliklarda ichki audit xizmatlari tashkil etiladi
O‘zbekiston Prezidentining «Budjet mablag‘laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoniga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmasida ichki audit xizmatlari tashkil etiladi.

Hisob palatasiga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tizimini joriy etishga, shuningdek, uning samarali faoliyat ko‘rsatishiga doir chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish vakolati beriladi.

Davlat moliyaviy nazorati organlari hamda ichki audit xizmatlarining yillik ish rejalariga kiritiladigan moliyaviy nazorat va ichki audit tadbirlari majburiy tartibda Hisob palatasi bilan kelishiladi.

Davlat moliyaviy nazorati organlari hamda ichki audit xizmatlari tashkil etilgan vazirlik va idoralarga, Markaziy bank va tijorat banklaridan budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘larini oluvchilarning budjet va davlat qarzi mablag‘larining harakatiga doir ma’lumotlarni markazlashgan tartibda so‘rab olish vakolati beriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hokimliklarda ichki audit xizmatlari tashkil etiladi