Foto: Mirobod tumani hokimligi
Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantiriladi. Bu haqda Mirobod tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 15 iyuldan Taras Shevchenko ko‘chasini gastronomik ko‘chaga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari boshlanadi. Shu munosabat bilan tuman hokimi Anvar Sayfutdinov ko‘chada faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subektlari bilan ochiq muloqot o‘tkazgan.
Hokim uchrashuvda Hukumat qarori bilan poytaxt ko‘chalarida jozibador va serqatnov turizm hamda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaratish maqsadida 24/7 rejimda ishlovchi ko‘ngilochar ko‘cha tashkil etish belgilanganligi haqida ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, ushbu turistik ko‘chaning ishga tushirilishi tadbirkorlarning daromad manbai oshishiga xizmat qiladi.
Bunyodkorlik ishlari davomida Taras Shevchenko ko‘chasida yoritish ustunlari, o‘rindiqlar va chiqindi urnalari hamda sug‘orish tizimlarini o‘rnatish, daraxt ko‘chatlari o‘tqazish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, bu yerda audio musiqa tizimini tashkil etish, dekorativ arka va ustunlar, fotozonalar uchun dekorativ elementlar o‘rnatish, piyodalar va velo-yo‘laklar, bolalar o‘yingohi, ko‘rgazmali sahna barpo etish ham rejalashtirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi