67
Gazdan noqonuniy foydalangan neftni qayta ishlash zavodi va fermer xo‘jaliklari aniqlandi
Foto: O‘zenergoinspeksiya
“O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan tezkor nazorat tadbirlarida uchta fermer xo‘jaligi shartnoma va loyiha hujjatlarisiz o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani holatlari aniqlangan.
Xususan, Chinoz tumanida joylashgan Neftni qayta ishlash zavodi 271,1 mln so‘m, Zangiota tumanida joylashgan “Sh.-B. A.” fermer xo‘jaligi 209,6 mln so‘m hamda O‘rta Chirchiq tumanida fuqaro M.A. ga qarashli fermer xo‘jaligi 208 mln so‘m, jami 688 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi