
Ijtimoiy tarmoqlarda Xo‘jaobod va Jalaquduq tumanlari orasidagi ko‘priklardan biri qulagan holat tasvirlangan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat hokimligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, ayni daqiqalarda viloyat hamda har ikki tuman rahbariyati vakillaridan tarkib topgan ishchi guruhi voqea joyiga yetib borgan va ish olib bormoqda.
Sodir bo‘lgan voqea oqibatida tan jarohati olganlar yoki qurbon bo‘lganlar yo‘q.
“Boshqa barcha holatlar bo‘yicha o‘rganish davom etmoqda. Mavzu bo‘yicha qo‘shimcha axborotlar ma’lum qilib o‘tiladi”, – deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar