Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda qishloqliklarni haqorat qilgan qizning videolavhasi tarqaldi. U qishloqliklarni jirkanch mahluqot deb atagan.
“Qishloqliklar odam emas. Ular jirkanch mahluqot. Toshkentga kelib olib, aqlli tutishadi. Shunaqa yomon ko‘rib ketaman. Qishloqi bo‘lib tug‘ilgan ular, yig‘lashi kerak”, degan u.
Huquqbuzar qizga nisbatan sud ishi bo‘lib o‘tdi. U sudda qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, haqorat faqatgina bir shaxsga qaratilganligini ma’lum qilgan.
“Bu voqea 2023 yil oktyabr oylarida bo‘lgan. Bitta shaxs onamni haqorat qilgan, shaxsiyatimga tekkan. Shuning uchun bu so‘zlarni ijtimoiy tarmoqdagi sahifamda to‘g‘ridan to‘g‘ri efir vaqtida o‘sha shaxsga nisbatan aytganman. Bu uchun tegishli joylarda javob berib bo‘lganman. Eski videoni kesib, bo‘rttirma so‘zlar bilan tarqatib yuborishdi”, deya ta’kidlagan u sudda.
Sud qarori bilan qiz Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasida (Haqorat qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan BHMning 20 baravari miqdorida (6,8 mln so‘m) jarima jazosi tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi