Foto: Videodan kadr
Joylarda OTMga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar fosh etildi.
DXX xodimlari tomonidan IIV bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan shaxs Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni o‘zining mansabdor tanishlari orqali IIV Akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 22 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan holatda Qarshi innovatsion ta’lim universiteti mutaxassisi 3 nafar fuqaroni Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filialiga mazkur oliy ta’lim muassasasidagi tanishlari orqali har birini 4 ming dollardan, jami 12 ming dollar evaziga 2-kursdan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. DXX va Bosh prokuratura huzuridagi departamentning hududiy boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 11 700 dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.
DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ham prokuratura organlari bilan hamkorlikda Chinoz tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan shaxs Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni Toshkent davlat pedagogika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 10 ming dollar talab qilib, oldindan 5 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.
Olmaliq shahar bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiyi esa o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga Olmaliq shahrida yashovchi fuqarodan 3 500 dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Shuningdek, DXXning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Urganch davlat universiteti dekani Gurlan tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, uning qarindoshini ijodiy imtihonlardan o‘tkazib berish evaziga 2 600 dollar va 2,5 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan.
Boshqa holatda Urganch ixtisoslashtirilgan san’at maktabining bo‘lim boshlig‘i Bog‘ot tumanida yashovchi fuqaroga tanishlari yordamida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga o‘qishga kirishi uchun yo‘llanma olib berish va amaliy imtihonda ko‘maklashish evaziga 4 ming dollar talab qiladi. Ammo u ham so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi