12:03 / 17.07.2024
42

Tadbirkorlar davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib kelinmoqda

Tadbirkorlar davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib kelinmoqda
So‘nggi yillarda tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat berilib, aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.

Shu bilan birga, tadbirkorlarning qonuniy talablarini amaliy va samarali ro‘yobga chiqarish va muammoli masalalarni hal etish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga haqiqiy hissasini ko‘paytirish, aholining ish bilan bandligini oshirish va uning moddiy farovonligini o‘stirish borasida keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyat boshqarmasi va hududiy bo‘limlari tomonidan ham tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, sud qarorlarini o‘z vaqtida va so‘zsiz ijrosi ta’minlanib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan yuridik shaxslar foydasiga 12 919 ta ijro hujjati bo‘yicha 334 mlrd. so‘m mablag‘lar undirilishi ta’minlangan.

Misol uchun, davlat muassasasidan undiruvchi "QUALITY EQUIPMENT GROUP" MCHJ foydasiga yetkazib berilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan 647 mln. so‘m undirish belgilangan.

Ushbu ijro hujjati yuzasidan Byuroning Nurota tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorlik to‘liq undirilib, tadbirkorning huquqi tiklandi.

Qarzdorlikning summasi qancha bo‘lishidan qat’iy nazar bunday tadbirkor manfaatini himoya qilish byuroning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkorlar davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib kelinmoqda