20:39 / 17.07.2024
67

Yangi Toshkent hududiga o‘tayotgan mahallalar soni ma’lum qilindi

Yangi Toshkent hududiga o‘tayotgan mahallalar soni ma’lum qilindi
Foto: Benoy
Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Toshkent viloyatidan umumiy hisobda jami 37 ta mahalla Yangi Toshkent hududiga o‘tadi.

Jumladan, Yuqori Chirchiq tumanidan:
- to‘liq - 20 ta;
- qisman - 11 ta.

O‘rta Chirchiq tumanidan:
- to‘liq - 3 ta;
- qisman - 3 ta.

Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi Yangi Toshkent hududiga o‘tayotgan mahallalar nomi to‘g‘risida keyinroq ma’lumot berilishini bildirgan.

Avvalroq, Toshkent viloyatidan Yangi Toshkent hududiga o‘tayotgan umumiy obyektlar soni jami 19 723 ta ekani, shundan, turar joylar - 18 773 ta, noturar joylar - 891 ta, ko‘p qavatli uylar - 52 ta ekani haqida xabar berilgan edi.

Tumanlar kesimida ko‘rsatkichlar quyidagicha:

Yuqori Chirchiq tumanidan jami 16 556 ta obyekt:
- Turar joylar - 15 688 ta;
- Noturar joylar - 831 ta;
- Ko‘p qavatli uylar - 30 ta.

O‘rta Chirchiq tumanidan jami 3 167 ta obyekt:
- Turar joylar - 3 085 ta;
- Noturar joylar - 60 ta;
- Ko‘p qavatli uylar - 22 ta.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangi Toshkent hududiga o‘tayotgan mahallalar soni ma’lum qilindi