202
Komil Allamjonov: «So‘nggi vaqtlarda feyk va dezinformatsiyalarning soni ortib borayotganiga guvoh bo‘lyapmiz»
Foto: Komil Allamjonov / Telegram
Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov davlat va nodavlat tele, radiokanallar hamda boshqa OAV rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda tele va radiokanallar, umuman OAV va mediatarmoqlar oldidagi dolzarb muammolar, yangi trendlar, matbuotning yaqin kelajakdagi holati, shuningdek, milliy kontent yaratish ishlari atroflicha muhokama qilindi.
Foto: Komil Allamjonov / Telegram
So‘nggi vaqtlarda OAV va media vakillari o‘z faoliyatlarida sensatsion materiallarga urg‘u berayotganligi, ta’bni xira qiluvchi turli noxush vaziyatlar, shu jumladan, qotillik, o‘lim bilan bog‘liq hodisalarni bo‘rttirib ko‘rsatish tendensiyasi kuzatilmoqda. Qolaversa, ijtimoiy tarmoqlarda, matbuotda feyk va dezinformatsiyalarning soni ortib borayotganligiga ham guvoh bo‘lyapmiz.
Foto: Komil Allamjonov / Telegram
Foto: Komil Allamjonov / Telegram
Shu nuqtayi nazardan, bu kabi nosog‘lom media muhitni o‘zgartirish, xususan, sohada qonunchilikni takomillashtirish, jurnalist etikasini tartibga solish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi”, deb yozadi Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari.
Foto: Komil Allamjonov / Telegram
Foto: Komil Allamjonov / Telegram
Foto: Komil Allamjonov / Telegram
Foto: Komil Allamjonov / Telegram “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi