O‘zbekistonda Inson huquqlari bo‘yicha vakilning vakolatlari kengaytirilishi kutilmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining xabar qilishicha, 17 iyul kuni Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi.
Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan qonun loyihasi 9 bob, 56 moddadan iborat. Qonun loyihasi bilan Ombudsmanning institutsional asoslarini mustahkamlash maqsadida xalqaro tajribani o‘rgan holda unda Ombudsman o‘z oldida turgan vazifalarini moneliksiz va samarali amalga oshirishi uchun qo‘shimcha kafolatlar belgilanmoqda.
Shuningdek, Ombudsmanning faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruza Oliy Majlis palatalarining majlislarida har yili eshitilishi nazarda tutilmoqda. Davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi holati to‘g‘risida Ombudsman tomonidan prezident va Oliy Majlis palatalariga axborot taqdim etish tartibi mustahkamlanyapti.
Yakunda ishchi guruh tomonidan qonun loyihasini Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibiga birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun kiritishga kelishib olindi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»