Oilaviy munosabatlar mustahkamligi turmush davrida olinadigan moddiy boyliklarning qiymatiga ham ta’sir etmay qolmaydi. Er-xotin rishtalari uzilgach, o‘rtadagi mulklar ham ikki tomonga bo‘linishi qonunlarda o‘z aksini topgan.
O.A. va M.A.lar turmushi davrida ikkita xonadoni bo‘lgan. Birisi hovli uy bo‘lsa, biri esa ko‘p qavatli uylardan olingan xonadon edi. Hujjatlarga ko‘ra, ikkala mulk O.A. (erkak)ning nomida bo‘lgan. Er-xotin ajrashgach esa, O.A.ning sobiq turmush o‘rtog‘i M.A.(ayol) ikkala mulkdan ulush talab qilgan.
Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan sud hujjatiga ko‘ra, M.A.ga 2 ta ko‘chmas mulkning qiymatidan jami 493,8 mln. so‘m undirilishi belgilab qo‘yilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorga sud hujjatida ko‘rsatilgan mablag‘ M.A.ga berilgan taqdirdagina, uning mulkka egalik huquqi tugatilishi tushuntirilgan.
Ijro harakatlari olib borilishi natijasida, ayolning ikkita uydan ulushi jami 493,8 mln. so‘m undirilib, M.A.ning bank karta raqamiga yo‘naltirib berilishi ta’minlandi.
Shu tariqa, ajrimdan so‘ng, erkak ikkala uyni egaligida olib qolish uchun ayoliga salkam 500 mln. so‘mni to‘lashiga to‘g‘ri keldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»