Kadr: Telegram
Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan “G‘alabaning 40 yilligi” bekati qulab tushdi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu bekat tuman hokimligi tomonidan 15 iyul kuni qurilgan. Hodisaga uning ustunlari yaxshi mustahkamlanmagani sabab bo‘lgan.
Yuqoridagi holat oqibatida hech bir fuqaro va yo‘lovchiga zarar yetmagan bo‘lib, hozirda mas’ul xodimlar tomonidan bekatni qayta qurish ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
2- va 5-avtobus saroyi tasarrufida bo‘lgan mazkur bekatda 11 dan ortiq avtobus yo‘nalishi harakatlanadi. Fuqarolardan xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda maxsus avtobus yo‘laklarida jamoat transportini kutishlari so‘raldi.
Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yunusobod tumanining “Bog‘ishamol” ko‘chasida joylashgan bir qator bekatlarning ahvoli ayanchli ekani, yo‘lovchilar avtobus kutishlari uchun yetarli sharoit yo‘qligi to‘g‘risida xabar tarqalgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»