18:37 / 19.07.2024
124

Tibbiyot xodimi o‘z ishiga tiklandi

Tibbiyot xodimi o‘z ishiga tiklandi
Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash borasida ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilgan.

Paxtaobod tumani tibbiyot birlashmasida bir necha yillardan buyon katta hamshira vazifasida ishlab kelgan T.I. 2023 yilda qonunga zid ravishda lavozimidan bo‘shatilgan.

Shundan so‘ng, tibbiyot xodimi o‘z lavozimiga qayta tiklanish uchun sudga murojaat qildi va 20.11.2023 yilda T.I.ning da’vosi qanoatlantirilib, Paxtaobod tuman tibbiyot birlashmasi Diagnostika bo‘limiga katta hamshiralik ishi vazifasiga ishga tiklanishi belgilandi.

Majburiy ijro byurosi Paxtaobod tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilib, 09.07.2024 yilda T.I. Paxtaobod tuman tibbiyot birlashmasi Diagnostika bo‘limi katta hamshirasi vazifasiga ishga tiklanishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tibbiyot xodimi o‘z ishiga tiklandi