00:31 / 21.07.2024
511

“Baxti Tashkentskiy” ishida 8 yilga qamalgan sudlanuvchilardan biri vafot etdi

“Baxti Tashkentskiy” ishida 8 yilga qamalgan sudlanuvchilardan biri vafot etdi
Foto: Oliy sud matbuot xizmati
Oliy sud 19 iyul kuni Baxtiyor Qudratullayev (“Baxti Tashkentskiy”) va boshqalarga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmini e’lon qilgan edi. 20 iyul kuni sudlanuvchilardan biri vafot etgani ma’lum qilindi.

IIV matbuot kotibi Shohruh G‘iyosovning xabar berishicha, Baxtiyor Qudratullayev bilan sudlanganlardan biri – 1964 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan Shukurali Qurbonov sud hukmi o‘qilganidan bir kun o‘tib, vafot etgan. Uning vafotiga infarkt sabab bo‘lgan.

Marhum Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari va 168-moddasi 4-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 8 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Baxti Tashkentskiy” ishida 8 yilga qamalgan sudlanuvchilardan biri vafot etdi