11:07 / 23.07.2024
170

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Qadamjo-Shohimardon yo‘nalishidan birgalikda foydalanishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Qadamjo-Shohimardon yo‘nalishidan birgalikda foydalanishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumati turizmni rivojlantirish doirasida «Dugoba» alpinistlar lagerini tiklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov ma’lum qildi, deb yozadi Gazeta.uz.

Qayd etilishicha, viloyat delegatsiyasi Qirg‘izistonga borib, ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha yangi reja va loyihalarni belgilab olgan.

«Ikkinchisi, hamkorlikda turizmni kuchaytirish va rivojlantirish. Buning uchun bizda eng katta resurslarimizdan biri - Shohimardon bor. Bu Qadamjo-Shohimardon yo‘nalishidan hamkorlikda foydalanish. Qolaversa, ilgari juda ham mashhur bo‘lgan «Dugoba» alpinistik lagerini birgalikda tiklamoqchimiz», - dedi viloyat hokimligi rahbari.

«Dugoba» tog‘ lageri Qirg‘izistondagi O‘zbekiston anklavi bo‘lgan Shohimardon, shuningdek, Botken viloyatining Qadamjo shahri yaqinida joylashgan. Obyekt archa o‘rmonlari hamda qoyali va qorli cho‘qqilar bilan o‘ralgan bo‘lib, ular orasida Ohunboyev (5200 m), Materei (5010 m), Frunze (4550 m) va boshqa cho‘qqilar ajralib turadi.

1982 yilda Uchqo‘rg‘on o‘rmon xo‘jaligi hududida tashkil etilgan tog‘ lageri O‘zbekiston SSRga uzoq muddatli foydalanish uchun berilgan. 1997 yilda «Dugoba» tog‘ lageri Qirg‘izistonga qaytarilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston va Qirg‘iziston Qadamjo-Shohimardon yo‘nalishidan birgalikda foydalanishni rejalashtirmoqda