Foto: Samarqand viloyati ekologiya boshqarmasi
Samarqandda qurilish firmasi 31 ta noyob daraxtni noqonuniy kesib tashlagan. Bu haqda viloyat ekologiya boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand shahar “Bog‘imaydon” MFYda joylashgan 16-bog‘cha hududida qo‘shimcha 150 o‘rinli bino qurish va hududda qayta qurilish ishlarini olib borayotgan “Samarqand maxsus suv drenaj” MCHJ tomonidan 31 tup daraxt noqonuniy kesib tashlangan.
Jumladan, 30 tup diametri 6,6 santimetrdan 24,5 santimetrgacha bo‘lgan Eldor qarag‘ayi va 1 tup diametri 27 santimetr bo‘lgan terakni bog‘cha binosining yerosti qismini qazish vaqtida kesib tashlagani va ildizlarini yo‘q qilgani holati aniqlangan.
Olib borilgan tezkor o‘rganishlar jarayonida “Samarqand maxsus suv drenaj” MCHJ tomonidan daraxtlarni noqonuniy tarzda kesib tashlanishi oqibatida tabiatga 260 620 000 so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, mazkur holatda o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdorida jinoyat alomatlari borligi sababli aybdor shaxslarga nisbatan qonun talablariga muvofiq tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi