Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida bir guruh deputatlar tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan muhokama qilindi.
Qonun loyihasida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi yangi 59-4-modda bilan to‘ldirilib, ma’rifiy faoliyatni bunday faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ko‘rsatish yoxud ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaslik holatlari uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Shuningdek, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun 14-1-modda bilan to‘ldirilib, mazkur qo‘shimcha va o‘zgartirishlar orqali ushbu sohadagi faoliyatni amalga oshirish talablari belgilanmoqda. Jumladan:
- ma’rifiy faoliyat insonni shaxsiy, intellektual va ma’naviy rivojlantirish, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish, intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon etish, individual salohiyati, imkoniyatlari, kommunikativ qobiliyatlarini yaxshilash uchun zarur ko‘nikma va malakani shakllantirishga qaratilgan hamda davlat ta’lim standartlari bilan qamrab olinmaydigan faoliyat turi hisoblanishi belgilanmoqda;
- ma’rifiy faoliyatni respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan talablarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi mumkin ekanligi ko‘zda tutilmoqda;
- ma’rifiy faoliyatni amalga oshirishi taqiqlangan shaxslar doirasi belgilanmoqda;
- ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibi, shakllari, uni amalga oshirish talablari va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi nazarda tutilmoqda.
Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasini qabul qilinishi bilan ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish borasidagi tartibsizliklarga barham beriladi, noqonuniy ma’rifiy faoliyat bilan shug‘ullayotgan shaxslar uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari