13:54 / 16.09.2016
7 183

Keyt Middlton eng didli britaniyalik ayol deb tan olindi

Keyt Middlton eng didli britaniyalik ayol deb tan olindi

Britaniyaning Rakuten Marketing firmasi xodimlari Londondagi moda haftaligi oldidan fuqarolar o‘rtasida kichik so‘rov o‘tkazdi va ularning nazdida mamlakatdagi eng didli ayol deb kimni bilishlari haqida so‘rashdi, deb yozadi “Darakchi” nashri.

So‘rov natijasida, birinchi o‘rinni Kembrij gersoginyasi Keyt Middlton egalladi. So‘rovda ishtirok etgan ayollarning 29 foizi xuddi Uilyamning rafiqasidek kiyinishni istashadi.

Keyt Middltondan keyin eng didlilar ro‘yxatiga xonandalar Rita Ora va Elli Golding, aktrisa Emma Uotson, bloger Zoi Sagglar ham kiritildi.

Bundan tashqari, britaniyalik ayollar mashhurlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va tashqi ko‘rinishi ularning do‘kondan qanday kiyim xarid qilishlariga ta’sir ko‘rsatishini ham aytib o‘tgan. So‘rovda qatnashgan ayollarning 29 foizi mashhurlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilgan suratlaridagi kiyimlarni xarid qilganini aytgan.

So‘rovnoma ishtirokchilarining 30 foizi esa sevimli kino qahramonlaridek kiyinishga intilishlarini ma’lum qilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Keyt Middlton eng didli britaniyalik ayol deb tan olindi