Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida sodir bo‘lgan YTHda bo‘lajak kelin-kuyov vafot etdi. Bu haqda “Hudud” dasturida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa O‘zbekiston tumanida Qo‘qon—Yaypan—Isfara yo‘lida sodir bo‘lgan. Spark haydovchisi harakat vaqtida quvib o‘tish qoidalarini buzib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan. Oqibatda Gentra bilan to‘qnashuv sodir etgan. Gentra haydovchisi yonida unashtirilgan qizi ham bo‘lgan.
Gentra'dagi bo‘lajak kelin-kuyovning biri 21 iyulda, yana biri esa 22 iyulda shifoxonada vafot etgan.
YTH statistikasi
2024 yilning birinchi yarmida (yanvar-iyun oylari) 9 839 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan, buning oqibatida 9 209 nafar fuqaro jarohatlangan va 2 282 nafar inson bu yorug‘ olamni erta tark etgan. Solishtirish uchun, 2020 yilning birinchi yarmida jami 2388 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Shundan 383 tasi bolalar, 1154 tasi piyodalar va 101 tasi velosiped ishtirokida qayd etilgan. Yuqoridagi raqamlar shuni ko‘rsatmoqdaki, joriy yilning birinchi yarmida sodir bo‘lgan YTHlar soni, 2020 yilga qaraganda deyarli 4 barobarga oshgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi