10:12 / 28.07.2024
86

Buxoroda daraxtlarni sug‘ormagan mas’ullar jarimaga tortildi

Buxoroda daraxtlarni sug‘ormagan mas’ullar jarimaga tortildi
Yaqinda Buxoro shahrining sobiq hokimi Jamol Nosirov Buxoro viloyat ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan edi.

U Buxoroda juda tez fursatda Ekologiya sohasidagi muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish borasida tub burilishlar yasadi.

«Daraxtlarni o‘z vaqtida sug‘ormaganligi uchun ma’sullarni «jazolash» haqida shu paytgacha hech kim o‘ylab ko‘rmagan ekan. Suvsizlikdan emas, o‘z vaqtida sug‘orilmaganidan gektar-gektar daraxtlar qurib ketdi. Mas’ullar haqiqatan ham bunday mas’uliyatsizligi oldida javob berishi kerak», - dedi g‘ijduvonlik fuqaro Mardon ota Akobirov.

Bildirilishicha, Buxoro viloyati Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt va buta ko‘chatlarining holati yuzasidan viloyat hududidagi barcha tashkilot va davlat muassasalarida o‘rganish ishlari olib borilgan.

O‘rganish davomida, hududlarda ma’sul shaxslar tomonidan 2023 yil kuz va 2024 yil bahor mavsumi davomida ekilgan daraxt ko‘chatlari parvarishiga, sug‘orilishiga e’tibor qilmagan 14 ta holat aniqlangan. Jumladan, G‘ijduvon tumanida 4 ta, Jondor tumanida 2 ta, Qorovulbozor tumani -1 ta, Buxoro shahar - 1 ta, Shofirkon tumani - 4 ta, Olot tumanida -2 ta shunday holat yuzaga kelgan.

Ushbu holatlar yuzasidan ekilgan daraxt ko‘chatlarini o‘z vaqtida sug‘ormagani va agrotexnik tadbirlarni amalga oshirmagani oqibatida keng hududdagi daraxtlar qurib qolgani aniqlangan.

«Hududlardagi 14 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 3- qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 47 600 000 so‘m miqdorda jarima belgilandi. Ayni paytda nazorat tadbirlari davom etmoqda», - dedi Jamol Nosirov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda daraxtlarni sug‘ormagan mas’ullar jarimaga tortildi