2024/2025 o‘quv yilidan talabalar yotoqxonasiga joylashish to‘liq onlayn bo‘ladi

2024/2025 o‘quv yilidan talabalar yotoqxonasiga joylashish to‘liq onlayn bo‘ladi
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab barcha kurs talabalari uchun davlat oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joyiga joylashish onlayn shaklda amalga oshiriladi. Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1 avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. Ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini turar joy bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.

Reglamentga muvofiq, ayrim toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
  • “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;
  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan talabalar;
  • I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;
  • bir oiladan kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari;
  • olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar.

Talabalar turar joyiga joylashish uchun yo‘llanma dastlab – imtiyozli ro‘yxat, so‘ng – umumiy ro‘yxatdagi navbat bo‘yicha avtomatik ravishda shakllantiriladi.

Avval I kurs talabalari uchun yotoqxonaga joylashish faqat davlat xizmati markazlari va (yoki) YAIDXP orqali, II kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun an’anaviy tarzda amalga oshirilardi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar