Toshkentda voyaga yetmagan farzandiga rulni topshirgan onaga chora ko‘rildi

Toshkentda voyaga yetmagan farzandiga rulni topshirgan onaga chora ko‘rildi
Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent ko‘chalarida hali balog‘at yoshiga yetmagan qizchaga mashina boshqartirayotgan onaning videosi tarqaldi. Holat yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati izoh berdi.
Toshkentda voyaga yetmagan farzandiga rulni topshirgan onaga chora ko‘rildi
Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, voyaga yetmagan farzandiga avtomobil boshqaruvini topshirgan onaga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yildi.

Barcha ota-onalardan voyaga yetmagan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan farzandlariga avtomobil boshqarishga ruxsat bermasliklarini, ularga doimo yo‘llarda qoidalarga rioya etishni o‘rgatib borishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar