Kadr: Telegram
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi.
Qayd etilishicha, DXXning Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona idoralari bilan hamkorlikda Namangan shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Olabuqa tumanida yashovchi 39 yoshli fuqarosi hamda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi, 1980 va 1998 yillarda tug‘ilgan ikki nafar shaxs o‘zaro kelishgan holda Qirg‘izistondan O‘zbekistonga aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan 16 ming 800 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 36 ming dollarga sotgan vaqtlarida qo‘lga olingan.
Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Shayxontohur tumanida yashovchi 42 yoshli fuqaroning yoni va avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda 15 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Shuningdek, uning tanishi bo‘lgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan 46 yoshli shaxsning Uchtepa tumanidagi yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, 2967 dona “Regapen” dori vositasi borligi ma’lum bo‘lib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
DXX Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona—Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan Nexia rusumli avtomashina Sergeli tumani hududida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, unda Farg‘ona shahrida yashovchi 35 yoshli fuqaroga tegishli 1400 dona “Regapen”, 30 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
DXX Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahrida istiqomat qiluvchi 35 yoshli shaxsning Lacetti rusumli avtomashinasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, unda 6034 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur fuqaroning yashash xonadonidan ham 2800 dona “Regapen” dori vositalari olingan.
Ta’kidlanishicha, barcha holatlarda musodara qilingan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari Qirg‘izistondan O‘zbekistonga kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan. Hozirda holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi