19:32 / 03.08.2024
156

Toshkentda onlayn qimor o‘yinlarini o‘tkazib kelgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Toshkentda onlayn qimor o‘yinlarini o‘tkazib kelgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahrida onlayn qimor o‘yinlarini o‘tkazib kelgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, poytaxt IIBB va boshqa huquqni muhovaza qilivchi organlar bilan hamkorlikda Yakkasaroy tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Olingan tezkor malumotga asosan tumanda joylashgan xonadonlarning biri xolislar bilan ko‘zdan kechirilganda chet el fuqarolari tomonidan ijarag olingan ushbu uyda tavakkalchilikka asoslangan onlayn qimor o‘yinlari o‘tkazib kelinayotgani aniqlangan.

Tezkor tadbir davomida ashyoviy dalil sifatida 37 dona noutbuk, 1 400 AQSH dollari miqdorida pul, 34 ta sim karta, 7 ta telefon, 12 ta bank plastik kartasi rasmiylashtirilib olingan. Tergov jarayonida aniqlanishicha, ushbu qimorxonada 3 oy davomida 900 ming AQSH dollari aylantirilgan. Gumonlanuvchi sifatida 12 nafar chet el va 18 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 278-moddasida qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish jinoyati nazarda tutilgan. Unga ko‘ra, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki o‘tkazish, shu jumladan ana shunday o‘yinlar uchun qimorxonalar tashkil etish yoki ularni saqlash 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Agar ushbu harakatlar takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, shuningdek, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi beriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda onlayn qimor o‘yinlarini o‘tkazib kelgan jinoiy guruh qo‘lga olindi