
Yaponiyada 65 yoshdan kattalar soni aholining 27 foizidan oshib ketdi. Bu Yaponiya tarixidagi mutlaq rekord natija bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Yaponiya "Katta ettilik" davlatlaridan o‘zib ketdi, deyilmoqda Yaponiyada 19 sentyabrda davlat bayrami sifatida nishonlanadigan Qariyalarni hurmatlash kuni munosabati bilan hukumat tomonidan tayyorlangan hisobotda.
Ayniqsa Yaponiyaning ayollar qismi tez qarimoqda: 65 yoshdan kattalar orasida ularga 30 foizdan ko‘proq ulush to‘g‘ri kelmoqda. Yaponiyada 80 yoshdan kattalar soni ham katta bo‘lib, aholining 8 foizini tashkil qilmoqda.
Yaponiyada 65 yoshdan kattalardan deyarli 22 foizi doimiy ishga ega. Bu ham G7 davlatlari orasida eng katta ko‘rsatkichdir.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar