14:38 / 06.08.2024
105

Milliy tibbiyot markazida Klinik ordinatura uchun qabul e’lon qilindi

Milliy tibbiyot markazida Klinik ordinatura uchun qabul e’lon qilindi
Milliy tibbiyot markazi 2024-2025 o‘quv yili uchun Klinik ordinatura (rezidentlik)ga qabul boshlanganligini e’lon qiladi.

Quyida mavjud ixtisoslik yo‘nalishlari va kvotalar soni bilan tanishishingiz mumkin:

1️⃣ Nevrologiya – 4 ta;
2️⃣ Nefrologiya – 2 ta;
3️⃣ Revmatologiya – 2 ta;
4️⃣ Kardiologiya – 2 ta;
5️⃣ Terapiya – 2 ta;
6️⃣ Oftalmologiya – 2 ta;
7️⃣ Anesteziologiya va reanimatsiya – 8 ta;
8️⃣ Urologiya – 2 ta;
9️⃣ Umumiy xirurgiya – 6 ta;
1️⃣0️⃣ Kardioxirurgiya – 4 ta;
1️⃣1️⃣ Tibbiy radiologiya – 8 ta;
1️⃣2️⃣ Akusherlik va ginekologiya – 4 ta;
1️⃣3️⃣ Neyroxirurgiya – 2 ta;
1️⃣4️⃣ Travmatologiya va ortopediya – 2 ta.

Fanlar bo‘yicha kirish imtihonlari og‘zaki va test sinovlari shakllarida o‘tkaziladi.

Klinik ordinaturada o‘qish jarayoni yangi barpo qilingan zamonaviy markaz binosida olib boriladi.

Ordinaturaga qabul qilingan bo‘lajak shifokorlar jahondagi zamonaviy tibbiyot muassasalarida kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirishlari uchun yuborilishi ko‘zda tutilgan.

Klinik ordinaturaga o‘qishga kirish uchun talabgorlar markaz qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
  • klinik ordinatura mutaxassisligi ko‘rsatilgan holda, milliy tibbiyot markazi direktori nomiga ariza;
  • oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (yoki diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
  • 086-U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
  • qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjat.

Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mavjud bo‘lganda oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.

Eslatib o‘tamiz, qabul jarayonlari 20 avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Murojaat uchun: ☎️ 71-205-15-14
📱 97-771-52-66
📱 97-433-06-08

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Milliy tibbiyot markazida Klinik ordinatura uchun qabul e’lon qilindi