
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumanida elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘ining o‘rinbosari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Oqoltin tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘ining o‘rinbosari A.B. tumandagi “X” fermer xo‘jaligi rahbariga go‘yoki ETK xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirishda elektr ta’minotidan 7,8 mln so‘m qarzdorlik hisoblanganini aytib, ushbu qarzdorlikni kamaytirib berish evaziga 4 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar