Shayxontohur tumanida 7 ta, Chilonzor tumanida 5 ta avtomashina ishtirokida YTHlar sodir bo‘ldi

Shayxontohur tumanida 7 ta, Chilonzor tumanida 5 ta avtomashina ishtirokida YTHlar sodir bo‘ldi
Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati
Toshkentning Shayxontohur tumanida 7 ta, Chilonzor tumanida 5 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Shayxontohur tumani, Beruniy ko‘chasida soat taxminan 16:54 larda 7 ta avtomobil – 2 ta Matiz, 1 ta Nexia-3, Tracker, Onix, Chery, va Isuzu ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Shayxontohur tumanida 7 ta, Chilonzor tumanida 5 ta avtomashina ishtirokida YTHlar sodir bo‘ldi
Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati
Chery haydovchisi harakat vaqtida bir yo‘nalishda to‘xtab turgan avtomashinalar bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Shayxontohur tumanida 7 ta, Chilonzor tumanida 5 ta avtomashina ishtirokida YTHlar sodir bo‘ldi
Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati
YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Shuningdek, 7 avgust kuni soat 16:30 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasida 5 ta avtomashina – Matiz, Spark, Cobalt, Kia va BYD ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Holatlar bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar