Buyuk Britaniyaning Saudiya Arabistonidagi elchisi Saymon Kolliz islom dinini qabul qilgan va haj amalini bajargan ilk yuqori martabali britan diplomati bo‘ldi, deb xabar beradi "Diydoraziz" nashri.
Kollizning aytishicha, u musulmonlar orasida 30 yil yashaganidan so‘ng islom dinini qabul qilgan. Qirol Saud universiteti xodimi Foziya Albakr o‘zining Twitterdagi sahifasida britaniyalik elchining turmush o‘rtog‘i bilan birga haj amalini ado etayotgani suratini joylashtirdi.
«Britaniyaning Saudiya Arabistonidagi elchisi islom dinini qabul qilganidan so‘ng haj amalini bajarmoqda: Saymon Kolliz rafiqasi Xuda bilan Makkada», — deyiladi suratga yozilgan izohda.
Kollizning aytishicha, u ushbu dinni «Xudaga uylanishidan oldin qabul qilgan».
Kolliz deyarli 30 yildan buyon Buyuk Britaniyaning Yaqin Sharq mamlakatlaridagi dipmissiyasi xodimi hisoblanadi. U ilgari Buyuk Britaniyaning Suriya, Iroq va Qatardagi elchisi bo‘lgan, BAA, Yaman va Tunisda yuqori diplomatik lavozimlarda ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi