Foto: Videodan kadr
Respublikaning uch hududida o‘qishga kiritish va sertifikat olib berish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi.
DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Qo‘shtepa tumanidagi maktab o‘qituvchisi Yozyovon tumanida yashovchi 3 nafar fuqaroni Qirg‘iz davlat universitetining Qadamjoy filialiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6 600 AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.
DXX Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘qituvchisi qo‘lga olingan. U Amudaryo tumanida yashovchi fuqaroni Urganch davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan. Tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur ishga aloqador bo‘lgan uning sherigi – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti mutaxassisi ham ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
DXXning Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Termiz shahrida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining hamshahariga ingliz tili bo‘yicha “S-1” darajadagi til bilish sertifikatini olib berish evaziga 2 400 AQSH dollari va 1 mln 250 ming so‘m olgan vaqtida ushlangan.
Qayd etilishicha, hozirda ushbu shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi