
Afsonaviy xonanda Muhabbat Shamaeva mustaqillik bayrami kunlarida Toshkentda mehmon bo‘lgan edi. Muhabbat Shamaeva bir necha yildan beri AQShda yashab keladi.
Yurtimizning 25 yillik bayrami arafasida mehmon bo‘lgan Muhabbat opa o‘z taassurotlarini yashirmadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda uning hissiyotlarga to‘la kichik nutqi tarqaldi. «Bu o‘zgarishlar, yutuqlar, yo‘llar, o‘zimizning mashinalar — O‘zbekistonda hammasi yaxshi ekanligidan dalolat beradi. Barchasi uchun muhtaram Prezidentimizga rahmat. O‘zbekiston meni dilimda, tilimda, jonimda. Qani endi yaqin bo‘lsaydi, tez-tez kelib turar edim.»- dedi Muhabbat Shamaeva.
Manba: Diydoraziz.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar