20:00 / 10.08.2024
38

Ofis xodimlari o‘rtasida surunkali kasalliklar xavfini kamaytirish bo‘yicha tavsiya

Ofis xodimlari o‘rtasida surunkali kasalliklar xavfini kamaytirish bo‘yicha tavsiya
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
Kamharakat turmush tarzi — ko‘plab kasalliklar omili. Asosiy vaqti ish stolida, kompyuter qarshisida o‘tadigan xodimlar bundan ko‘p aziyat chekishi ma’lum, deb yozadi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

AQSH olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot ayni shu mavzuga bag‘ishlandi. Unga 6300 nafardan ortiq ishtirokchi jalb qilindi. O‘rganish davomida ofis xodimlari o‘rtasida surunkali kasalliklar va erta o‘lim xavfini kamaytirish yo‘llari tadqiq etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, kuniga sakkiz soatdan ko‘proq vaqt kompyuterda davomli o‘tirib ishlash bevaqt o‘lim xavfini 80 foizga oshiradi.

Ammo muammoning oson va samarali yechimi bor: jismoniy faollik darajasini oshirish orqali erta o‘lim ehtimolini 20 foizga, yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini esa 11 foizga kamaytirish mumkin.

Olimlar tavsiyasiga ko‘ra, buning uchun haftasiga kamida 140 daqiqa yengil jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish zarur. Masalan, shuncha vaqtni yuqori maromda piyoda yurish yoki yoga mashqlariga sarflash yaxshi natija beradi.

Yoxud hafta davomida 75 daqiqa o‘rtacha intensivlikda suzish, yugurish, futbol va basketbol o‘ynash ham foydali. Mashg‘ulotlarni har bir odam o‘z qiziqishi, salomatlik ko‘rsatkichi va imkoniyatidan kelib chiqib tanlashi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ofis xodimlari o‘rtasida surunkali kasalliklar xavfini kamaytirish bo‘yicha tavsiya