20:50 / 10.08.2024
65

Samarqandda “valyutchik”lar ushlandi

Samarqandda “valyutchik”lar ushlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Samarqand shahrida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Samarqand shahar bo‘limi, va Milliya gvardiyaning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan O.B. qonunga xilof ravishda jami 3 150 dollarni fuqaro A.A.ga 39,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 12 424 dollar, 200 Yevro, 9 600 lira, 138 945 rubl, 368 500 Qozoq tengesi va 500 ming so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda “valyutchik”lar ushlandi