21:29 / 12.08.2024
66

Ikki nafar qizaloq onasi tarbiyasiga olib berildi

Ikki nafar qizaloq onasi tarbiyasiga olib berildi
Bog‘ot tumanida yashovchi fuqaro G.O. oilaviy kelishmovchiliklar sababli turmush o‘rtog‘i I.M.ning uyidan ketishga majbur bo‘lgan. Biroq voyaga yetmagan 2019 va 2021 yillarda tug‘ilgan farzandlarini olib keta olmagach, sudga murojaat qilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 12.07.2024 yildagi ijro varaqasiga asosan voyaga yetmagan 2013 va 2014 yillarda tug‘ilgan farzandlarini qarzdorlar I.M. va O.R.lardan da’vogar onasi G.O. tarbiyasiga olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Bog‘ot tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorga voyaga yetmagan farzandlarini onasi tarbiyasiga ixtiyoriy ravishda topshirish to‘g‘risida ogohlantirish xati yuborilgan. Lekin qarzdor farzandlarini onasiga berishdan bosh tortgan. Shunga ko‘ra, davlat ijrochisi tegishli organlar va xolislar ishtirokida voyaga yetmagan farzandlar onasi tarbiyasiga olib berilishi ta’minlandi.

Byuro o‘z vakolatlari doirasida vazifasini amalga oshirdi, ammo farzandlar yillar o‘tib armon qilmasligi, ota-ona mehridan bahramand bo‘lib voyaga yetishga ming karra haqli ekanligini vaqtida anglab yetish pushaymonliklar oldini olishini unutmaylik.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ikki nafar qizaloq onasi tarbiyasiga olib berildi