97
Shahnoza Mirziyoyeva O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylandi
O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Shahnoza Mirziyoyeva saylandi.
O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi Ijroqo‘m yig‘ilishining tegishli qarori bilan Mirziyoyeva Shahnoza Shavkatovna O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylandi.
Shahnoza Mirziyoyeva hozirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston delegatsiyasi XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlariga tantanali ravishda kuzatish marosimida Shahnoza Mirziyoyeva so‘zga chiqib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shaxsan qo‘llab-quvvatlashi, Paralimpiya harakatiga qaratgan alohida e’tibori tufayli O‘zbekiston parasportchilari tomonidan ulkan yutuqlarga erishayotganini e’tirof etdi hamda bu an’ana Parijda ham bardavom bo‘lishiga umid bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 13 avgust sanasidan boshlab terma jamoalarimiz reja asosida Fransiyaga yo‘l olib, tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini bevosita Parij shahrida olib borishadi. XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari 28 avgust – 8 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi