
Sho‘rchi tumanida yashovchi N.Boboyev turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishmovchilik sabab ajrashishga qaror qiladi. Afsuski, turmush o‘rtog‘ini o‘zining ikki nafar farzandlari bilan birga ota uyiga ko‘chib ketishiga majbur qiladi.
Yolg‘iz ona voyaga yetmagan farzandlarini moddiy jihatdan ta’minlay olmaganligi sababli aliment undirishni so‘rab sudga qilgan murojaati ijobiy hal etilib 2017 yil mart oyidan boshlab N.Boboyevdan aliment undirish belgilanadi. Qarzdor ota farzandlari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment to‘lovlarini doim kechiktirib, qachonki davlat ijrochilari bezovta qilganda qisman yoki bir necha oylab umuman aliment to‘lamay kelgan.
Shu boisdan Majburiy ijro byurosi Sho‘rchi tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan qarzdor ota bir necha bor rasman ogohlantirilgan bo‘lsa-da, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi sababli jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining qarori bilan o‘n besh sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan edi.
Afsuski, ma’muriy qamoq jazosidan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan qarzdor otaga nisbatan Byuroning tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.
Qarzdor ota qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini tushunib yetgandan so‘ng surishtiruv jarayonida dastlab avgust oyining boshida 5 million so‘m hamda kuni kecha 65 million so‘m jami 70 million so‘m aliment qarzdorligini to‘liq to‘lab berdi. Undirilgan aliment qarzdorligi undiruvchining bank plastik kartasiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.
Sho‘rchi TumanN.BoboyevAliment UndirishMajburiy IjroJinoyat KodeksiO‘zbekiston Respublikasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing