Bahodir Jalolov va Muzaffarbek To‘raboyev Surxondaryoda kutib olindi

Bahodir Jalolov va Muzaffarbek To‘raboyev Surxondaryoda kutib olindi
Parij—2024 Olimpiadasi sovrindori bo‘lgan Bahodir Jalolov va Muzaffarbek To‘raboyev Surxondaryoda kutib olindi.

Termiz shahridagi Yakkakurash turlari maktabida Parij—2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Bahodir Jalolov hamda bronza medali sovrindori Muzaffarbek To‘raboyevni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, yoshlar, sportchilar, vohalik sport muxlislari ishtirok etgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov chempionlikni qo‘lga kiritgan bokschi Bahodir Jalolov hamda bronza medali sohibi, dzyudochi Muzaffarbek To‘raboyevga zarbop to‘n kiydirib, voha ahli nomidan sportchilarimizni erishgan g‘alabalari bilan tabrikladi.

Bahodir Jalolov va Muzaffarbek To‘raboyev Surxondaryoda kutib olindi
Bahodir Jalolov va Muzaffarbek To‘raboyev Surxondaryoda kutib olindi
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar