12:06 / 18.08.2024
69

Xorazm va Jizzaxda pul evaziga haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Xorazm va Jizzaxda pul evaziga haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Xorazm viloyati Bog‘ot tumani va Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Departamentning Bog‘ot tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.B. 5 nafar fuqaroga go‘yoki viloyat YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga fuqaro S.M.dan 2 400 dollar va 1,2 mln so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Do‘stlik tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.J. fuqaro F.B.ga o‘zini Jizzax shahridagi “D.Sh.” MCHJ avtomaktabi instruktori deb tanishtirib, unga “V”, “S” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 700 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazm va Jizzaxda pul evaziga haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi